Fidbol.net

Blatter FIFA rahbarligiga ayol kishini tayinlashni taklif qildi

Tahririyat 2
Blatter FIFA rahbarligiga ayol kishini tayinlashni taklif qildi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter Janni Infantinoning o‘rniga tashkilot rahbari lavozimiga nomzod taklif etdi.

Blatterning fikricha, FIFA rahbari rolini Norvegiya futbol federasiyasi prezidenti Lize Klaveness muvaffaqiyatli bajara oladi.

«Lize Klaveness eng chuqur hurmatga loyiqdir. U har doim aniq pozisiyada turgan va hech qachon oqim bo‘ylab suzmagan. FIFAga ayol kishi rahbarlik qilishi va uni ortidan ergashtirishi uchun qulay fursat yetdi», — deb yozdi Blatter ijtimoiy tarmoqlarda.

45 yoshli Klaveness 1997 yildan 2011 yilgacha futbolchi sifatida to‘p surgan va Norvegiya terma jamoasi safida 73 ta o‘yin o‘tkazgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring