Batrakov «Galatasaroy»ga o‘tish uchun katta mablag‘dan voz kechdi
«Lokomotiv» yarim himoyachisi Aleksey Batrakov va uning vakillari «Galatasaroy»ga o‘tish uchun katta mablag‘dan voz kechishga tayyor.
Insayder Ivan Karpovning xabariga ko‘ra, futbolchining shartnomasida u sotilganda tushadigan mablag‘ning ma’lum foizi Batrakov va uning agentlariga tegishi belgilangan. Agar transfer 25 million yevroga amalga oshsa, ularga 30% — ya’ni 7,5 million yevro tegishi kerak edi.
Biroq, «Lokomotiv» ko‘proq daromad olishi va klublar kelishuvga erishishi uchun Batrakov tomoni 3,5 million yevrolik farqdan voz kechishga rozi bo‘ldi. Natijada, «Galatasaroy» 25 million yevro to‘lasa, «Lokomotiv» 21 million yevro sof foyda oladi.
Futbolchi Turkiya klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan va transfer yaqin orada hal bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0