Fidbol.net

«Barselona» tarbiyalanuvchisi o‘z yurtiga qaytmoqchi: «Top-klubda o‘ynashni istayman»

Tahririyat 5
«Barselona» tarbiyalanuvchisi o‘z yurtiga qaytmoqchi: «Top-klubda o‘ynashni istayman»

Ispaniyalik himoyachi Alexandro Grimaldo hozirda Germaniya Bundesligasida «Bayer» safida to‘p tepmoqda, biroq u Ispaniya chempionatiga qaytish istagini yashirmaydi. Futbolchi Ispaniyaning «AS» nashriga bergan intervyusida o‘z yurtidagi biror top-klubda o‘ynash istagi borligini ma’lum qildi.

«Men Ispaniyaning top-klubida o‘ynashni istardim. Mening kumirim doimo Messi bo‘lgan. Shuningdek, «Barsa»ning boshqa o‘yinchilari — Xavi va Inyesta ham», — dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Grimaldo Leverkuzenning «Bayer» klubida 2023 yildan buyon to‘p surmoqda. U Kataloniyaning «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblansa-da, «ko‘k-anorranglilar» safida emas, balki Portugaliyaning «Benfika» klubida katta futbolga kirib kelgan.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring