Fidbol.net

"Barselona" Mark Kasado uchun kamida 40 million evro talab qilmoqda

Tahririyat 6
"Barselona" Mark Kasado uchun kamida 40 million evro talab qilmoqda

Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbaga koʻra, kataloniyaliklar saudiyaliklarning dastlabki taklifini rad etgan. "Barselona" 22 yoshli futbolchi uchun 30 million evrodan ortiq, ideal holatda esa 40 million evroga yaqin mablagʻ olishni maqsad qilgan.

Hozircha "Al Hilol" bunday yuqori narxni toʻlashga tayyor emas. Shunga qaramay, klubning Mark Kasado bilan shaxsiy shartnoma boʻyicha muzokaralari ijobiy kechmoqda va tomonlar kelishuvga yaqinlashgani aytilmoqda.

"Barselona" Kasadoni klubning istiqbolli futbolchilaridan biri deb hisoblasa-da, moliyaviy holatni yaxshilash maqsadida munosib taklif tushsa, uni sotib yuborish variantini ham koʻrib chiqishga tayyor.

Yaqin kunlarda klublar oʻrtasidagi muzokaralar davom etishi va transfer taqdiriga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring