Fidbol.net

"Barselona" de Yong jarohatidan soʻng "Jirona" futbolchisiga qiziqmoqda

Tahririyat 3
"Barselona" de Yong jarohatidan soʻng "Jirona" futbolchisiga qiziqmoqda

"El Chiringuito" xabariga koʻra, kataloniyaliklar bu qarorni Frenki de Yongning jarohati ortidan qabul qilgan. Niderlandiyalik yarim himoyachining safdan chiqishi klubni transfer bozorida yangi variantlar izlashga undagan.

24 yoshli Marokash terma jamoasi a'zosi hozircha kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan. Unga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchi hali hech biriga rozilik bermagan.

"Barselona" rahbariyati Unaini markaziy yarim himoyani kuchaytirish uchun munosib nomzodlardan biri sifatida koʻrmoqda. Kataloniyaliklar yaqin vaqt ichida transfer boʻyicha aniq harakatlarni boshlashi mumkin.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring