Fidbol.net

"Barsa" Reshfordni 30 million evroga sotib olishdan voz kechdi. Forvard MYuga qaytadi

Tahririyat 4
"Barsa" Reshfordni 30 million evroga sotib olishdan voz kechdi. Forvard MYuga qaytadi

Marca xabariga koʻra, "Barselona" ijara muddati tugagach, hujumchini 30 million evro evaziga sotib olishdan voz kechdi. Sotib olish optsiyasi kelgusi dushanbagacha amal qiladi.

Qayd etilishicha, "Barselona"ning bu qaroriga Entoni Gordonning "Nyukasl"dan transfer qilinishidan tashqari, Reshfordning himoyadagi boʻsh oʻyini, Markusning yoshi va uning yuqori maoshi ta'sir qilgan. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan.

2025/26 yilgi mavsumda Reshford "Barselona" safida barcha turnirlarda 49 ta oʻyin oʻtkazib, 14 ta gol va 14 ta assist qayd etgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring