"Nyukasl" Tonali uchun koʻproq soʻramoqda
Tahririyat
•
•
2
"Gazzetta dello Sport" nashri ma'lumotiga koʻra, "Nyukasl" yarim himoyachisiga "Arsenal", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar esa futbolchi uchun 90 million evro taklif qilishga ulgurgan ham.
Biroq "Nyukasl" Tonalini osonlik bilan qoʻyib yuborish niyatida emas. Klub rahbariyati 26 yoshli italiyalikni loyihaning eng muhim oʻyinchilaridan biri deb hisoblaydi va uni jamoaning kelajakdagi muhim futbolchilaridan sifatida koʻrmoqda.
Tonalining "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan. Angliya klubi yarim himoyachini 115 million evroga baholamoqda.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0