Fidbol.net

Azamat Sharipov: "Hakam oʻyin nazoratini qoʻldan chiqardi"

Tahririyat 6
Azamat Sharipov: "Hakam oʻyin nazoratini qoʻldan chiqardi"

– Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?

– Birinchi boʻlimni juda ham yaxshi boshladik. Koʻplab vaziyatlarga ega boʻldik, oʻyinni nazorat qildik va gol urdik. Birinchi boʻlimning soʻnggida darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bilmadim, videotakrorni koʻrganimizda, u erda hatto "simulyatsiya" bor edi va hujumchiga nisbatan sariq kartochka berilishi kerak edi. Biroq hakam vaziyatni qanday koʻrdi, bilmadim, lekin penalti belgiladi. Shu sababli tanaffusga tushkunlik bilan chiqib ketdik.

Ikkinchi boʻlimni ham yaxshi boshlagan edik, ammo darvozabonimiz xatoga yoʻl qoʻydi. Oʻyin asabiy ruhda oʻtdi, toʻxtalishlar koʻp boʻldi. Shuni aytgan boʻlardimki, hakam qaerdadir oʻyin nazoratini qoʻldan chiqardi va bu holat oʻyinimizga ta'sir oʻtkazmay qolmadi. Umuman olganda, yigitlar juda ham yaxshi harakat qilishdi, borini berib oʻynashdi. Oʻyin uchun yigitlarga rahmat aytaman.

– Uchrashuvga ikki kun qolganda bosh hakam almashdi. Bunga qanday qaraysiz?

– Buning sababini bilmadik. Toʻgʻrisi, bu haqda hech qanday ma'lumotga ega emasmiz. Hakam almashganini eshitdim, lekin nima uchunligi bizga qorongʻi. Ammo hakam qaerdadir oʻyin nazorati va tizginini qoʻldan chiqardi. Bu esa, ayniqsa, ikkinchi boʻlimda oʻyin sur'atiga juda katta ta'sir qildi.

– Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar oʻzlarini oqlay olishdimi?

– Zaxiradan ikki nafar oʻyinchimiz maydonga tushdi. Asosiy tarkibdagi futbolchilarimiz qanday harakat qilayotgan boʻlishsa, ular ham maydonga tushib, xuddi shunday oʻynashdi. Oʻyinni tubdan oʻzgartirib yuborish uchun ularda vaqt ham, bunday vaziyatning oʻzi ham boʻlgani yoʻq.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring