Fidbol.net

Asensio Mourinyoning xohishiga qaramay, «Real»da qoladi

Tahririyat 1
Asensio Mourinyoning xohishiga qaramay, «Real»da qoladi

«Real» himoyachisi Raul Asensio bosh murabbiy Joze Mourinyo unga ishonch bildirmayotganini tushuntirganiga qaramay, klubni tark etishdan bosh tortdi. Ispaniyalik futbolchining bu qarori Madrid klubining 1 sentyabr kuni transfer oynasi yopilgunga qadar boshqa himoyachini xarid qilish imkoniyatini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Markaziy himoyada raqobat yuqori: Mourinyo ixtiyorida Din Xyoysen, Ibraima Konate va Antonio Ryudiger bor. Bundan tashqari, 23 yoshli futbolchida o‘tgan mavsumdan beri boldir bilan bog‘liq muammo saqlanib qolmoqda. Unga jarrohlik amaliyoti talab qilinishi va bu uni olti-sakkiz haftaga safdan chiqarishi mumkin.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Asensio jamoadan ketish yo‘llarini izlash o‘rniga, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishni afzal ko‘rmoqda. Agar yaqin soatlarda vaziyat o‘zgarmasa, «Real» transfer oynasining so‘nggi kuni shoshilinch transferlarni amalga oshirmaydi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring