Golovin transfer oynasi yopilgunga qadar «Monako»ni tark etishi mumkin
Tahririyat
•
•
2
«Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning agenti 30 yoshli rossiyalik futbolchi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar monegasklar safini tark etishi mumkinligini istisno qilmadi.
«Sashaning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Uning qanday o‘ynayotganini ko‘rib turibsiz. «Marsel»ga qarshi juda muhim o‘yin bo‘ldi. Variantlar har doim bor», — dedi agent.
Golovin 2018 yildan buyon «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa safida 270 ta o‘yin o‘tkazib, 40 ta gol urdi va 47 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Monako» 6 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda jamoa 4 sentyabr kuni safarda PSJga qarshi o‘ynaydi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0