Fidbol.net

Arteta Timberning tiklanish muddatini aytdi

Tahririyat 5
Arteta Timberning tiklanish muddatini aytdi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Yurriyen Timberning maydonga qaytishiga hali bir necha hafta borligini ma’lum qildi. London klubi uzoq muddatli chov sohasidagi jarohatdan tiklanayotgan himoyachining reabilitasiyasida ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.

Artetaning aytishicha, 25 yoshli futbolchi hozir mashg‘ulotlardagi yuklama va ish hajmini bosqichma-bosqich oshirmoqda, ammo tiklanish jarayoni hali yakuniy bosqichga yetmagan.

"Uning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda, ammo hali yana bir necha hafta kerak. Bu uzoq vaqtdan beri davom etayotgan muammo va biz har bir qadamni to‘g‘ri tashlayotganimizga ishonch hosil qilmoqchimiz", — dedi Arteta.

Timber dastlab mart oyida "Everton"ga qarshi uchrashuvda chov sohasidan jarohat olgan. Keyinchalik u may oyida "Pari Sen-Jermen"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushish uchun tiklangan, ammo shundan so‘ng jarohat yana bezovta qila boshlagan.

Jarohatning qaytalanishi oqibatida Timber Niderlandiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun tarkibidan chetda qoldi va "Arsenal"ning mavsumoldi turnesida ham ishtirok eta olmadi.

Kutilishicha, himoyachi 16 avgust kuni "Manchester Siti"ga qarshi Angliya Superkubogi bahsini, shuningdek besh kundan keyin "Koventri Siti"ga qarshi Premyer-liganing 1-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Timberning yo‘qligi Arteta uchun ayniqsa noqulay vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Chunki Vilyam Saliba ham jahon chempionati vaqtida olgan bel jarohati sabab safdan chiqqan.

Shu bois "Arsenal" himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha izlanishlarni faollashtirgan. "Bayer" himoyachisi Jarell Kuansa va "Aston Villa" futbolchisi Ezri Konsa London klubi bilan bog‘lanayotgan nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring