Anchelotti Neymarning maydondagi o‘rnini belgiladi: u vinger bo‘lmaydi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar Vinisius Junior va Rafinya bilan bir xil pozisiya uchun raqobatlashishini ma’lum qildi.
«Neymar unga belgilangan pozisiyada o‘ynashi kerak. U markazda harakat qilishi lozim, u qanotda o‘ynay olmaydi.
U vinger pozisiyasida o‘ynamaydi, u maydon markazida, hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi. Ya’ni Vinisius va Rafinya o‘ynagan joyda», — dedi Anchelotti Panama bilan o‘rtoqlik o‘yinidan (6:2) so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 uchun Braziliya terma jamoasi safiga kiritilgan Neymar ayni damda boldir mushagidagi jarohatdan forig‘ bo‘lmoqda. 34 yoshli hujumchi 2-3 haftani o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0