Fidbol.net

Anchelotti: "Mourinyuning jamoasi haqiqatan ham juda yaxshi holatda"

Tahririyat 1
Anchelotti: "Mourinyuning jamoasi haqiqatan ham juda yaxshi holatda"

"Jamoa haqiqatan ham juda yaxshi holatda deb hisoblayman. Menimcha, birinchi bahsda u ma'lum qiyinchiliklarga duch keldi, lekin ikkinchi uchrashuvda jamoa oʻyini asta-sekin yaxshilandi va "Real Sosedad"ga qarshi ajoyib oʻyin namoyish etishdi.

Hozir chempionatning muhim oʻyinlari va Chempionlar Ligasi boshlanyapti. Menimcha, koʻp narsa qoʻshgan va yana koʻp foyda keltiradigan yangi transferlar tufayli jamoa juda yaxshi tayyorgarlik koʻrgan. "Real" uchun bu ajoyib mavsum boʻlishiga ishonaman", – dedi Anchelotti.

Mourinyu 2026 yilning yozida "Real" bosh murabbiyiga aylandi. Ispaniya chempionatining 3 turidan soʻng jamoa 9 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring