Fidbol.net

Atigi 3 daqiqalik suhbat: Mourinyu Sebalosning taqdirini qanday hal qildi?

Tahririyat 2
Atigi 3 daqiqalik suhbat: Mourinyu Sebalosning taqdirini qanday hal qildi?

Shu haftada 29 yoshli ispaniyalik futbolchi "Betis" bilan shartnoma imzoladi.

2.jpg

"Biz telefonda 3 daqiqa gaplashdik va men unga unga ishonch bildirmasligimni aytdim. U esa shunday javob berdi: "Agar siz menga ishonch bildirmasangiz, unda erkin agent boʻlishni va faoliyatimni nima qilishni oʻzim hal etishni afzal koʻraman", dedi. Bir necha kundan keyin futbolchi va klub oʻrtasidagi shartnoma bekor qilindi", – dedi Mourinyu.

Sebalos 2017 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U barcha turnirlarda 215 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Real" tarkibida yarim himoyachi uch martadan Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar oʻrtasidagi JCh gʻolibi boʻldi, ikki martadan Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi, shuningdek, bir martadan Ispaniya Kubogi hamda Qit'alararo Kubogida zafar quchdi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring