Fidbol.net

Flik "Rayo Valekano"ga qarshi kechgan 5:2 hisobidagi oʻyin haqida gapirdi

Tahririyat 2
Flik "Rayo Valekano"ga qarshi kechgan 5:2 hisobidagi oʻyin haqida gapirdi

"Birinchi boʻlimda biz fantastik oʻynadik. Oʻtkazib yuborilgan golga yaxshi munosabat bildirdik — bunday narsalar boʻlib turadi. Oʻz uyimizda oʻyinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak. Toʻpga koʻproq egalik qilish lozim. Bu bizning mentalitetimiz. Ba'zi futbolchilarimiz oldinga intilishni va hujum qilishni xohlashadi, ammo ba'zida oʻyinni sekinlashtirish zarur.

Eng muhimi — uch ochko. Biz mavsumni yaxshi boshladik.

Rodri muayyan daqiqalarda oʻyinni nazoratda ushlab turish uchun shu erda. U yanada oʻsishi kerak, chunki u biz bilan shunchaki bir necha kundan beri birga.

Koʻproq nazorat kerak, chunki raqib juda yaxshi shakllangan, u erda boʻsh hududlarni topa oladigan futbolchilar koʻp va ular standart vaziyatlarda ham kuchli", — dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring