Fidbol.net

Amorim: «A Seriyada ham boshqacha o‘ynash mumkinligini ko‘rsatmoqchiman»

Tahririyat 4
Amorim: «A Seriyada ham boshqacha o‘ynash mumkinligini ko‘rsatmoqchiman»

Italiyaning «Milan» klubi portugaliyalik bosh murabbiyi Ruben Amorim ambisiyali maqsadi borligini sha’ma qildi. U aslida himoyaviy hisoblangan Italiya chempionatida ham boshqacha, nostandart o‘ynash mumkinligini isbotlamoqchi.

Amorim iyun oyida «Milan» rahbariyati pragmatik Massimiliano Allegriga chiqish eshiklarini ko‘rsatganidan so‘ng klubni boshqara boshladi.

«Italiya futbolini chuqurroq tushunib olishim uchun vaqt kerak, ammo u haqida ba’zi narsalarni allaqachon tushunib yetdim. A Seriyada ham nostandart o‘ynash mumkinligini ko‘rsatmoqchiman», — deydi Amorimning so‘zlaridan iqtibos keltirgan pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Amorim yil boshida avvalgi klubi — Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasidan iste’foga chiqarilgan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring