Fidbol.net

Amadu Dumbuya – «Dinamo» futbolchisi

Tahririyat 2
Amadu Dumbuya – «Dinamo» futbolchisi

Klub yozgi transfer oynasida gvineyalik yarimhimoyachi Amadu Dumbuyani oʻz safiga qoʻshib olganini ma'lum qildi. «Dinamo» PFK va Dumbuya oʻrtasida 2026 yilgi mavsum yakunigacha shartnoma imzolandi. Amadu jamoa safiga erkin agent sifatida qoʻshildi. 23 yoshli yarimhimoyachi «Dinamo» safiga jamoa Issiqkoʻldan Samarqandga qaytgach, qoʻshiladi.

23 yoshli vinger faoliyatini Shvetsiyaning «Yurgorden» klubida boshlagan boʻlsa, 2023-2024 yillarda Bolgariyaning «Botev Plovdiv» klubida toʻp surgan. Soʻnggi ikki yil davomida esa Qozogʻistonning etakchi klublaridan biri «Aktobe» sharafini himoya qilgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring