"Al Hussayn" bosh murabbiyi: "Bizda oʻyin amaliyoti yoʻq, "Paxtakor” esa mavsumning yarmini oʻtkazib boʻldi"
"Kecha oʻyindan oldingi matbuot anjumanida oʻyin amaliyoti yoʻqligi haqida aytib oʻtgandim. Biz may oyidan beri rasmiy oʻyinlarda ishtirok etmadik. Yangi futbolchilar ham jamoaga kelib qoʻshilganiga bir hafta boʻldi. Ushbu omillar bizga pand berdi. Mavsumga tayyorgarlik koʻrish jarayonidamiz. "Paxtakor" esa mavsumning yarmidan oʻtib boʻldi. Oʻyinni kichik xatolar hal qildi. "Paxtakor" biz yoʻl qoʻygan xatolardan foydalanib ketdi. Raqibni gʻalaba bilan tabriklayman", - deya fikr bildirdi Ahmad Hayil Ibrohim.
- Jamoangiz uchinchi golni oʻtkazib yuborganidan soʻng uchta oʻzgarish qildingiz. Ushbu oʻzgarishni ikkinchi taym boshida amalga oshirish toʻgʻriroq boʻlmasmidi?
- Avvalroq aytib oʻtganimdek endigina tarkibga qoʻshilgan futbolchilar bor edi. Ular 45 daqiqa maydonda oʻynashining oʻzi yaxshi natija degan boʻlardim. Futbolda xatolar boʻlib turadi.
- "Al Hussayn" bugun deyarli imkoniyat yarata olmadi. Buning sababi nimada? Aslida jamoangiz bundan-da yaxshiroq oʻynashga qodir edi...
- Biz hali mavsumni boshlamagandik. Iyun oyidan beri yigʻinga kirishganmiz. Oʻyin amaliyoti yoʻq. "Paxtakor" esa mavsum yarmida. Bularning barchasini hisobga olib, biz oʻyinni 5-4-1 bilan boshladik. Gollar oʻtkazib yuborganimizdan soʻng uslubimizni oʻzgartirdik.
- "Paxtakor"ning OChLdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Iordaniyada "Paxtakor" haqida nimalarni bilishadi?
- "Paxtakor" tarkibida yaxshi futbolchilar koʻp. OChLda yaxshi ishtirok eta oladi deb oʻylayman.
Manba: championat.asia
Izohlar 0