Fidbol.net

Abdusattorov kibersport bo‘yicha JCHda qancha ishlab topdi?

Tahririyat 4
Abdusattorov kibersport bo‘yicha JCHda qancha ishlab topdi?

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilayotgan Esports Jahon chempionati Chess musobaqasida chorakfinal bahslari boshlandi. Guruh bosqichidagi barcha uchrashuvda g‘alaba qozonib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov chorakfinalda musobaqani tark etdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi bu turnirdagi natijasi evaziga 75 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada NAVI jamoasi nomidan ishtirok etgan O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Denis Lazavik bilan bahs olib bordi. Dastlabki to‘rtta partiyada g‘olib nomi aniqlanmadi. Shundan so‘ng, armaggedon bahsida Lazavik g‘alaba qozondi hamda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shaxmatchilar “10+0” ya’ni rapid formatida bahslashadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi va g‘olib 250 ming dollarni qo‘lga kiritadi.

Esports Jahon chempionati musobaqasining sovrin jamg‘armasi 1,5 million dollarni tashkil qiladi. G‘olib 250 ming dollar, ikkinchi o‘rin egasi 190 ming dollar, uchinchi o‘rin sohibi 145 ming dollar, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi esa 100 ming dollar mukofot oladi. 5–8-o‘rin egalari 75 ming, 9–12-o‘rinlar 55 ming, 13–16-o‘rinlar esa 40 ming dollar miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi. Shuningdek 17–22-o‘rindagi yana 6 nafar shaxmatchi egallagan o‘rniga qarab 20 – 27 ming dollarga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Esports Jahon chempionati kibersport turnirida NAVI jamoasi safida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinni egallab, 85 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritgan edi. Ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan Vitality vakili Javohir Sindorov esa 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan. U joriy yilgi musobaqada ishtirok etmadi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring