Abbosbek Fayzullaev: "Yangi taktika menga yoqdi"
"Oʻyin qiyin boʻldi. Bugun stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman, ular zoʻr atmosfera yaratib berishdi. Menimcha oʻyin ham muxlislarga yoqdi. Ikkala jamoalarda ham vaziyatlar boʻldi. Oʻyinning qaysidir vaziyatlarida biz, ayrimlarida esa raqiblar ustunlik qilishdi. Yakunda biz gʻalaba qozonganimiz butun Oʻzbekistonga yaxshi kayfiyat beradi, deb oʻylayman.
Eron kabi raqiblarni magʻlub qilish yoqimli. Bu jamoaning ruhini oshiradi. Endi Toshkentga qaytib, tayyorgarlikni davom ettiramiz va ertadan Suriyani oʻrganishni boshlaymiz.
Termada yaxshi avlod yigʻildi. Aslida bundan oldin ham yaxshi futbolchilar bor edi, ularga nimalardir etishmagan boʻlishi mumkin.
Oʻzimni juda yaxshi his qildim. Yangi taktika menga yoqdi. Qaysidir vaziyatlarda toʻpni yoʻqotgandirman, qaerlardadir notoʻgʻri uzatgandirman, bu futboldagi normal holat.
Bosh murabbiy shu ruhda davom etishimiz, tempni oshirishimiz kerakligini aytdi. Osiyo chempionatiga yuqori darajada boʻlib, borish kerak", - dedi Fayzullaev.
Manba: championat.asia
Izohlar 0