Fidbol.net

Zinedin Zidan: "Juda xayajondaman"

Tahririyat • • 3
Zinedin Zidan: "Juda xayajondaman"

- Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk oʻyiningiz oldidan qanday hislarni boshdan kechiryapsiz?

- Juda katta hissiyotni boshdan kechiryapman. 32 yil — juda uzoq vaqt. Bugun Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida shu erda turganimdan juda katta hayajondaman.

- Sizning oʻzingizga xos oʻyin uslubingiz qanday boʻladi? "Zidan oʻyini"ni koʻramizmi?

- "Zidan oʻyini" degan narsa yoʻq. Ertaga hamma Frantsiya terma jamoasini koʻradi. Biz uchun eng muhimi — yaxshi oʻynash va gʻalaba qozonish.

photo_2026-09-24_21-18-57.jpg

- Turkiya terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- Bu juda yaxshi jamoa. Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagani ular uchun kutilmagan holat boʻldi, chunki ular bundan yaxshiroq natijaga loyiq edi. Ertaga ular bizga muammo tugʻdiradi.

- Arda Gyuler haqida nima deya olasiz?

- Arda Gyuler juda-juda yaxshi futbolchi. Uning "Real"da oʻynayotganidan xursandman. Ardaning iste'dodi yuqori va uni rivojlanayotganini koʻryapmiz.

- Sizning Frantsiya terma jamoasiga kelganingiz atrofida juda katta shov-shuv bor. Bu sizga ta'sir qilyaptimi?

- Bu tabiiy holat. Dide Deshamdan keyingi 14 yillik davrdan soʻng bu yangi narsa. Lekin asosiy qahramonlar — futbolchilar. Men oʻz rolimda qolaman.

photo_2026-09-24_21-18-56.jpg

- Atrofingizdagi bu katta e'tibor sizga xalaqit beryaptimi?

- Ha, bu meni biroz bezovta qiladi. Lekin bunday narsalar qanday boʻlishini qabul qilish kerak. Men buning uchun bu erda emasman. Men futbolchilarim bilan ishlash va oʻyinlarda gʻalaba qozonish uchun shu erdaman.

- Yosh futbolchilarning terma jamoaga qoʻshilishi haqida qanday fikrdasiz?

- Koʻrayotganlarimdan xursandman. Yosh futbolchilarni chaqirishdan maqsad ham shu edi. Frantsiya terma jamoasi hamma uchun ochiq. Bizda tajribali futbolchilar ham, yoshlar ham bor va yaxshi guruh shakllangan.

- Kilian Mbappening ertangi oʻyinda maydonga tushishiga umid qilyapsizmi?

- Ertaga qandaydir tarzda uning oʻynashini umid qilaman.

- Siz Mbappeni "Real Madrid"da ishlagan paytingizda ham tanir edingiz. Oʻshanda Frantsiya terma jamoasida birga ishlashingizni tasavvur qilganmidingiz?

- U "Real Madrid"ga kelganida, 14 yil oʻtib Frantsiya terma jamoasida birga ishlashimizni tasavvur ham qilmagandim. Ammo uning potentsialini oʻsha paytdayoq koʻrganman.

- Frantsiya terma jamoasining sardor kim boʻladi?

- Kilian Mbappe sardor boʻladi. Usmon Dembele, Adrien Rabo va Jyul Kunde esa vitse-sardorlar boʻlishadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring