41 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasida qolish sababini aytdi
"Agar Portugaliya endi menga tayanishni istamasa, bugunning oʻzida ketishim mumkin. Bu men uchun muammo emas.
Ammo agar ular menga tayanishsa, men ham ularga tayanaman. Portugaliya xalqi ham menga ishonadi. Shuning uchun terma jamoada oʻylashda davom etyapman.
2028 yilgi Evropa chempionatiga boramanmi? Men hozirgi kun haqida oʻylayapman. Koʻpchilik hoziroq ketishimni xohlashini bilaman, ammo meni harakatlantirayotgan narsa — hali ham oʻyinlarimni koʻrishni istaydigan insonlar", — dedi 41 yoshli hujumchi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 2003 yil avgustidan buyon oʻynab kelmoqda. U milliy jamoa safida 233 ta uchrashuvda 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatma bergan.
Hujumchi Portugaliya bilan 2016 yilgi Evropa chempionati va ikki marta Millatlar ligasida gʻolib chiqqan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0