Zidanning o'g'li jarohat olib, JCh-2026'ni o'tkazib yuborishi mumkin
Jamoalar 26-aprel kuni o'zaro bahs yuritdi. O'yin davomida 27 yoshli darvozabon "Almeriya" hujumchisi Talis bilan to'qnashib, maydondan chiqishga majbur bo'ldi. Dastlab, Zidanga miya chayqalishi tashxisi qo'yilgan bo'lsa-da, keyinchalik uning jag'i va iyagi singanligi ma'lum bo'ldi. Darvozabon ijtimoiy tarmoqlarda muvaffaqiyatli operatsiya o'tkazgani va tiklanishni boshlaganini e'lon qildi.
Luka Jahon va Evropa chempioni, shuningdek, "Oltin to'p" sohibi Zinedin Zidanning farzandi hisoblanadi. 2025-yilning sentyabrida darvozabon sport fuqaroligini frantsuz fuqaroligidan jazoirlikka o'tkazdi va oktyabr oyida Jazoir terma jamoasiga birinchi marta chaqiruv oldi. Hozirda u jarohati tufayli JCh-2026'ni o'tkazib yuborish xavfi ostida.
2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Jazoir terma jamoasi guruh bosqichida Argentina, Avstriya va Iordaniya bilan o'ynaydi.
Izohlar 0