Fidbol.net

Yarim yil klubsiz yurgan Marko Stanoevich "Dinamo"ga qaytdi

Tahririyat 2
Yarim yil klubsiz yurgan Marko Stanoevich "Dinamo"ga qaytdi

“Dinamo” PFK 2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi oldidan selektsiya jarayonini boshlab yuborgan.

Klub oʻtgan yarim yillikdan keyin tarkibni transformatsiya qilish jarayonini davom ettirmoqda. 2025 yilgi mavsumda “Dinamo” sharafini himoya qilib, samarqandlik muxlislar mehrini qozongan Marko Stanoevich jamoamiz safiga qaytganini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz.

Serbiyalik 37 yoshli yarimhimoyachi oʻz mamlakatidagi yarim yillik faoliyatidan keyin “Dinamo”ga qaytdi va 2026 yil yakuniga qadar jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Ishonamizki, Marko Stanoevich ajoyib oʻyinlari va katta tajribasi bilan “Dinamo”ning gʻalabalariga oʻzining munosib hissasini qoʻshadi”, — deyiladi samarqandliklar xabarida.

Futbolchi yarim yil klubsiz edi, uning soʻnggi klubi aynan “Dinamo” boʻlgandi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring