Fidbol.net

Yamal: «Gavi doimo meni uning rekordini yangilay olmasligimni aytadi»

Tahririyat 7
Yamal: «Gavi doimo meni uning rekordini yangilay olmasligimni aytadi»

«Barselona» vingeri Lamin Yamal klubdoshi Gavi bilan bo‘lgan bahs haqida gapirib berdi.

2022 yilda «ko‘k-anorranglilar» yarim himoyachisi Ispaniya terma jamoasi tarixidagi Jahon chempionatida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangandi — u 18 yoshu 110 kunligida Kosta-Rika darvozasini ishg‘Lion qilgan. Yamal yoshlar o‘rtasida ko‘plab rekordlarni o‘rnatgan bo‘lsa-da, Gavining bu natijasini yangilay olmaydi.

«Evro-2024 tugaganidan beri Gavi menga tinimsiz uning rekordini yangilay olmasligimni aytadi. Endi o‘ylayapmanki, men xet-trik qayd etishim kerak. O‘shanda Jahon chempionatida xet-trik qilgan eng yosh ispaniyalik futbolchiga aylanaman», — deya Laminning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline. (Yamal iyul oyida 19 yoshga to‘ladi).

Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring