Fidbol.net

Fabregas «Arsenal» o‘yinchisini «Komo» safiga chorlamoqda

Tahririyat 3
Fabregas «Arsenal» o‘yinchisini «Komo» safiga chorlamoqda

Londonning «Arsenal» klubi hujumkor yarim himoyachisi Itan Nvaneriga «Komo» tomonidan qiziqish bildirilmoqda. «Kanonirlar» hozircha o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Marsel»da ijara asosida o‘tkazgan 19 yoshli futbolchining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishganicha yo‘q.

Transfer News Live nashrining TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas ingliz futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda va transfer bo‘yicha faol harakat qilmoqda.

Italiya klubiga ushbu iqtidorli o‘yinchiga qiziqish bildirayotgan Premyer-liga vakillari raqobatchi bo‘lishi mumkin. Itan Nvanerining «Arsenal» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi, Transfermarkt saytida esa uning narxi 40 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring