Gordonning «Barselona»ga o‘tishini Flik shaxsan talab qilgan
Tahririyat
•
•
6
Entoni Gordonning «Barselona»ga o‘tishiga Xansi Flik sababchi bo‘ldi. The Athletic nashrining xabar berishicha, ingliz futbolchisining xaridi «blaugrana» bosh murabbiyining «maxsus so‘rovi» bo‘lgan.
Nemis mutaxassisi sentyabr oyida Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda vingerning ko‘rsatgan o‘yinidan juda ta’sirlangan.
«Barselona» kelishuvni imkon qadar tezroq yakunlashga intildi, chunki klub rahbariyati boshqa raqobatchilar paydo bo‘lishidan va 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng futbolchining narxi oshib ketishidan xavotirda edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0