Xavi bo‘lajak «Oltin to‘p» sohibini aytdi
«Barselona»ning sobiq murabbiyi va futbolchisi Xavi Ernandes bo‘lajak «Oltin to‘p» sohibi sifatida kimni ko‘rishini ma’lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis ushbu nufuzli sovrinni «ko‘k-anorranglilar»ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamalga «topshirdi».
«Kim «Oltin to‘p»ni yutadi? Yamal», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, aynan Xavi qo‘l ostida vunderkind 15 yoshida «Barselona»ning asosiy jamoasida debyut qilgandi. O‘tgan yili vinger «Oltin to‘p» so‘rovnomasida ikkinchi o‘rinni egallab, faqat «PSJ» vakili Usmon Dembelega imkoniyatni boy bergandi. Xavi kataloniyaliklar grandi bosh murabbiyligini ikki yil avval tark etgan va o‘shandan beri faoliyatida tanaffus qilmoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0