Xavers: "Himoyachilar uchun arvoh bo‘lishga harakat qilaman"
Germaniya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Kay Xavers o‘zining o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.
27 yoshli futbolchi Jahon chempionati — 2026 musobaqasining dastlabki ikkita uchrashuvida raqiblar darvozasiga ikkita to‘p kiritishga ulgurdi. Guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan Ekvadorga qarshi bahs oldidan forvard maydonda qanday harakat qilishi haqida gapirib berdi.
"Raqib himoyachilari mening qayerdaligimni, qayerga harakat qilayotganimni va nima qilmoqchi ekanligimni hech qachon bilmasliklari kerak. Men ular uchun arvoh bo‘lishga harakat qilaman", — deya Xavers Guardian nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Germaniya va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Yulian Nagelsmann shogirdlari allaqachon olti ochko jamg‘arib, guruhda birinchi o‘rinni egallashni kafolatlab bo‘lishgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0