Fidbol.net

Vozinya Messi bilan nimalar haqida gaplashganini soʻzlab berdi

Tahririyat 6
Vozinya Messi bilan nimalar haqida gaplashganini soʻzlab berdi

"Men unga yaqinlashdim va hali biror nima deyishga ulgurmasimdan, u meni bagʻriga bosdi va shunday dedi: “Barakalla. Sen ajoyib darvozabonsan. Yaqinlaring sen bilan juda faxrlanishsa kerak”. Leo kabi insondan bunday soʻzlarni eshitish men uchun juda katta ahamiyatga ega.

Men unga minnatdorchilik bildirdim va: “Rahmat, Leo. Sen eng zoʻrisan”, deb javob qaytardim. Keyin undan oʻsha oʻyindagi libosini soʻradim. U tabassum qildi va: “Albatta. Men uni senga tribuna osti yoʻlagida beraman”, dedi. Men bunday lahzalarni umrimning oxirigacha eslab yuraman", — deya Vozinyaning soʻzlarini paragvaylik jurnalist Bruno Pont oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qildi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring