Vinchenso Montella «Roma»dagi orzusidan nega voz kechdi? TFF prezidenti tafsilotlarni oshkor qildi
Turkiya futbol federasiyasi (TFF) prezidenti Ibrohim Hojiusmono‘g‘li terma jamoa bosh murabbiyi Vinchenso Montella bilan bog‘liq qiziqarli voqeani so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bir yil muqaddam o‘z lavozimini tark etishi mumkin edi.
Montella qo‘l ostidagi Turkiya terma jamoasi Yevro-2024da chorak finalgacha yetib borgan va 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Shunga qaramay, o‘tgan yilning mart oyida, Millatlar ligasi doirasidagi Vengriyaga qarshi o‘yin arafasida vaziyat keskinlashgan.
Hojiusmono‘g‘lining qayd etishicha, o‘sha paytda «Roma» klubi Montellaga taklif bilan chiqqan. Murabbiy esa vaziyatni ochiqchasiga federasiya rahbariyati bilan muhokama qilgan.
«Montellaning shartnomasida «Roma»dan taklif tushsa, ketishi mumkinligi haqida band yo‘q edi. Shunga qaramay, u bizning oldimizga kelib, taklifni ko‘rib chiqishni istayotganini, ayniqsa, pley-offdagi natijalar qoniqarli bo‘lmasa, bu haqda o‘ylab ko‘rishi mumkinligini juda odob bilan tushuntirdi. Men unga shu yerda ekanman, birga ishlashda davom etishimizni qat’iy aytdim. Natijada, u o‘zining eng katta orzusi — «Roma»ni boshqarish istagidan voz kechdi», — deydi federasiya rahbari Fanatik nashriga bergan intervyusida.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0