Veynaldum "Al Ittihod" futbolchisiga aylandi
Tahririyat
•
•
16
Kelishuv 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
35 yoshli niderlandiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi safiga erkin agent maqomida kelib qoʻshildi. Uning avvalgi klubi "Al Ittifoq" boʻlib, u erda 2026 yil yozgacha toʻp tepdi.

2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 34 ta oʻyinda 17 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.
Shuningdek, Veynaldum faoliyati davomida "Roma", PSJ, "Liverpul", "Nyukasl", PSV va "Feyenoord" jamoalarida harakat qilgan.
Transfermarkt portali Niderlandiya milliy terma jamoasi sobiq oʻyinchisining transfer narxini 2,2 million evroga baholamoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0