"Uzr soʻrayman". Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rahbari JCh sababli iste'foga chiqdi
"Biz, men va direktorlar kengashidagi hamkasblarim Saudiya futbolini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldik va mamlakatimiz hamda muxlislarimiz ishonchini oqlashga intildik. Biroq, milliy terma jamoaning jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqa olmagani — umumiy maqsadlarimizga mos kelmaydigan natijadir. Men buning uchun toʻliq mas'uliyatni oʻz boʻynimga olaman va terma jamoani yanada munosibroq mavqeda koʻrishni umid qilgan barchadan uzr soʻrayman.
Mas'uliyat yangi bosqich uchun imkoniyat yaratib berishni talab qiladi, degan ishonchdan kelib chiqib, men amaldagi muddatim yakuniga etgunga qadar faoliyatimni davom ettirmaslikka qaror qildim. Amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq, direktorlar kengashining yangi tarkibini saylash jarayoni boshlanadi.
Men oʻz lavozimimni tark etyapman, lekin Vatanimga xizmat qilishda va Saudiya sportining rivojlanishi hamda zafarlariga hissa qoʻshadigan barcha narsani qoʻllab-quvvatlashda davom etaman. Ushbu yoʻlda bizni qoʻllab-quvvatlagan barchaga, shuningdek, muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Agar umidlaringizni oqlay olmagan boʻlsak, uzr soʻrayman", — deb yozdi Al-Misxal ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib oʻtamiz, Saudiya Arabistoni terma jamoasi guruh bosqichida bor-yoʻgʻi ikki ochko jamgʻarib, oʻz kvartetida soʻnggi oʻrinni egallagan holda turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0