"Ular qoʻlidan kelgan barcha usullarni qoʻllashdi". Desham Frantsiyaning JChda Paragvay ustidan qozongan gʻalabasi haqida gapirdi
"Bu oson boʻlgani yoʻq. Agar oʻyin oxirida vaziyatlarimizdan birini golga aylantirganimizda, gʻalaba ancha engilroq qoʻlga kiritilgan boʻlardi. Paragvayliklar qoʻlidan kelgan barcha usullarni qoʻllashdi. Bu tomoshabinlarga yoqadigan futbol emas, lekin biz bor e'tiborimizni saqlab qoldik, bu esa oson emasdi. Ular jismonan baquvvat jamoa va juda yaxshi himoyalanishadi. Bu biz uchun yana bir muhim oldinga tashlangan qadam boʻldi. Janubiy Amerika jamoalariga qarshi oʻynash doim qiyin, lekin futbolchilarim bu vazifani uddalashganidan xursandman. Biz chorak finaldamiz va bundan zavqlanishimiz kerak", — deya Deshamning soʻzlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib oʻtamiz, oʻyindan soʻng OAVda paragvayliklarning harakati va maydondagi xulq-atvori juda qoʻpol va haddan tashqari agressiv boʻlgani qayd etildi. Jahon chempionatining 1/4 finalida Frantsiya terma jamoasi Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0