UEFA Infantinoning JChdagi ulushlarni sotish rejalari haqida: "Bu chegaradan chiqish"
Tahririyat
•
•
8
"Bu futbolni boshqaruv organlari hech qachon bosmasligi kerak boʻlgan chegaradan chiqishdir. UEFA bunga oʻta jiddiy qaraydi. Barcha milliy futbol assotsiatsiyalari ham shunday qilishi kerak. Barcha manfaatdor tomonlar ham shunday munosabatda boʻlishi kerak: ligalar, klublar, oʻyinchilar, muxlislar, hukumatlar va futbol kelajagiga befarq boʻlmagan har bir kishi.
Futbolning ruhi va uni boshqarish tizimi – savdo qilinadigan aktiv emas, ayniqsa moliyaviy foydani kim olishi borasida shaffoflik toʻliq boʻlmaganda. Hech birimiz futbolning egasi emasmiz. Va FIFA uni sotishga haqli emas", – deyiladi UEFA bayonotida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0