Fidbol.net

Tchuameni: «Vinisius shunday o‘ynasa, «Real»ga g‘alaba qozonish oson bo‘ladi»

Tahririyat 19
Tchuameni: «Vinisius shunday o‘ynasa, «Real»ga g‘alaba qozonish oson bo‘ladi»

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni «Espanyol»ga qarshi bahsda jamoadoshi Vinisius Juniorning ko‘rsatgan o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi. Braziliyalik hujumchining dubli «qaymoqranglilar»ga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

«Vinisius juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. U mana shunday daraja namoyish etsa, biz uchun g‘alaba qozonish ancha osonlashadi. Uning o‘yini meni juda xursand qildi», — dedi Tchuameni o‘yindan keyingi intervyusida.

25 yoshli hujumchi La Liganing joriy mavsumida o‘z hisobiga 15 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Navbatdagi turda Alvaro Arbeloa shogirdlari safarda «Barselona»ga qarshi maydonga tushishadi. «El-Klasiko» 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring