Tarixda ilk bor JCh gʻoliblariga chempionlik uzuklari topshiriladi
Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati ma'lum qildi.
FIFA shafeligidagi turnirlar tarixida ilk bor chempionlik uzuklari topshiriladi. Ushbu an'ana Amerika sport ligalariga (NBA, NFL) xos boʻlib, JCh-2026 AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida oʻtayotgani sababli joriy etilmoqda.

Har bir uzuk cheklangan miqdorda turnir oʻtkazilayotgan yilga ramziy ishora sifatida atigi 2026 dona individual raqam bilan ishlab chiqariladi. Ulardan 30 tasi gʻolib jamoa futbolchilari va murabbiylariga topshiriladi, qolgan 1996 tasi esa FIFAning rasmiy litsenziyalangan mahsuloti sifatida butun dunyo boʻylab sotuvga chiqariladi.
Uzukning bir tomonida futbol boʻyicha Jahon chempionati kubogi, ikkinchi tomonida esa gʻolib jamoaning logotipi aks ettiriladi. Har bir uzuk raqamlanadi, egasining barmoq oʻlchamiga moslanadi va haqiqiylik sertifikati bilan ta'minlanadi.
Final uchrashuvi yakunlanishi bilan gʻolib jamoa sardori va bosh murabbiyiga taqdirlash marosimi uchun vaqtinchalik uzuklar topshiriladi. Shundan soʻng barcha 30 ta chempionlik uzugi individual buyurtma asosida tayyorlanadi va tayyor boʻlishi bilan rasmiy topshirish marosimi oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari oʻzaro toʻqnashadi. Uchrashuv 20 iyulga oʻtar kechasi Nyu-Jersidagi arenada boʻlib oʻtadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0