Fidbol.net

Superliga. Toshkent derbisida "Paxtakor" “Lokomotiv” bilan durang oʻynadi

Tahririyat 5
Superliga. Toshkent derbisida "Paxtakor" “Lokomotiv” bilan durang oʻynadi

Superliga, 12-tur

Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00

"Paxtakor" – "Lokomotiv" 1:1

Gollar: 11 - Rustam Turdimurodov, 63 - Shodiyor Shodiboev

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov (50.Flamarion, 46’), 11.Hojimat Erkinov (21.Bashar Resan, 61’), 14.Rustam Turdimurodov (90.Stefan Chinedu, 46’), 23.Abdurauf Boʻriev, 27.Sardor Sobirxoʻjaev (10.Akmal Mozgovoy, 76’), 77.Oybek Bozorov (17.Dostonbek Hamdamov, 61’).

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 20.Dilshod Abdullaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

“Lokomotiv”: 1.Aleksey Kozlov, 7.Quvonchbek Abraev (10.Shodiyor Shodiboev, 61’), 9.Suhrob Nurulloev (99.Jasur Yaxshiboev, 76’), 11.Temurxoʻja Abduxoliqov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (61.Nurlan Ibraimov, 86’), 26.Abdulloh Yoʻldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich (14.Nikolay Ivanov, 86’), 70.Muhammadali Reimov (23.Diyor Turopov, 61’).

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 5.Anzur Ismoilov, 8.Bilol Tupliev, 22.Sunnatilla Poyonov.

Ogohlantirishlar: 8 - Quvonchbek Abraev, 57 - Oleg Zoteev, 90+2 - Aleksandar Shushnyar, 90+3 - Stefan Chinedu, 90+3 - Zaid Tahsin

🕘 90+7. Oʻyin yakunlandi!

90+5. Mehmonlar soʻnggi daqiqalarda hujumlarga zoʻr berishdi, biroq ulardan samara chiqmadi.

90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qoʻshib berildi.

90. Alijonov erlatib zarba berdi, ammo kuchsiz boʻldi.

87. Abdulloh Yoʻldoshevning bosh bilan bergan zarbasi aniq boʻldi, toʻpni Quvvatov ushlab oldi.

80. Yaxshiboevning erlatib bergan zarbasi aniq, biroq kuchsiz chiqdi.

79. Jasur Yaxshiboev oʻziga uzatib berilgan toʻpga eta olmadi, sal qolsa boʻsh darvozaga toʻp kiritishi mumkin edi…

77. Shodiboevning akrobatik uslubda bergan zarbasi noaniq boʻldi.

74. Bashar Resan bir oʻzi markazdan oldinga yurish qilgandi, biroq yakuniy uzatmani berishda adashdi.

68. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

68. Yana Hamdamovdan uzatma va yana Chinedudan zarba, biroq noaniq ketdi.

67. Doston Hamdamovning havolatib bergan uzatmasidan soʻng toʻpni Chinedu akrobatik uslubda zarba berdi, biroq oʻxshamadi zarbasi.

64. Hisob tenglashdi, endi oʻyin yanada qizishi aniq.

⚽️ 63. GOL! Shodiboev hisobni tenglashtirdi! Oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni Shodiyor elkasi bilan darvozaga kiritdi!

🔄 61. Har ikki jamoada ikkitadan oʻzgarish amalga oshirildi.

56. “Sherlar” darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi, sal qolsa hisob oʻzgarishi mumkin edi…

54. Sardor Mirzaevning uzoqdan yoʻllagan kuchli zarbasidan soʻng toʻp darvoza toʻsiniga tegdi…

53. “Temiryoʻlchilar” hujumlarda faol, hisobda ortda borayotgan holatda bu normal holat.

46. Boʻlimni “Paxtakor” oʻzgarish bilan boshladi, uchrashuvdagi hozircha yagona gol muallifi zaxiraga olindi.

🕛 46. Ikkinchi boʻlimga start berildi.

🕘 45+2. Dastlabki boʻlim yakunlandi.

45. Birinchi boʻlimga 2 daqiqa qoʻshib berildi.

43. Temurxoʻja Abduxoliqovning kuchli zarbasi noaniq boʻldi.

41. “Paxtakor” toʻp nazoratini oʻziga olgan, jamoa hujum uyushtirishga intilmoqda.

36. Bozorov chapdan kirib borib toʻpni markazga uzatgandi, ammo toʻpga Turdimurodov etib borolmadi.

35. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, har ikki jamoa ham faol. Muxlislar tinmayapti qoʻllab-quvvatlashdan.

32. Quvonchbek Abraevning zarbasi biroz noaniq boʻldi, ammo xavfli edi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

20. “Loko” futbolchisining uzoqdan yoʻllagan zarbasi aniq boʻldi, biroq kuchsiz.

13. Yana “Paxtakor” oldinga oʻtmoqda, bu safar ham Turdimurodov, ammo uning uzatmasidan soʻng toʻpni darvozaga yoʻllaydigan futbolchi topilmadi.

12. Tezkor gol urildi oʻyinda, buyogʻiga “Loko” ham oldinga yurish qiladi.

2026-07-17 21.11.23.jpg

⚽️ 11. GOL! Turdimurodov hisobni ochdi! Hojiakbar Alijonov markazdan oldinga yurish qilib toʻpni chapga - Bozorga uzatdi, uning uzatmasini esa Rustam golga aylantirdi!

9. Temp yuqori uchrashuvda, yaqin orada gol koʻrsak ajab emas.

5. Uchrashuv faol boshlandi, har ikki jamoa ham navbati bilan oldinga oʻtmoqda.

🕛 1. Oʻyin boshlandi.

2026-07-17 21.11.16.jpg2026-07-17 21.11.11.jpg2026-07-17 21.11.04.jpg2026-07-17 21.11.02.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 12-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" – "Lokomotiv" matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring