Fidbol.net

Superliga. OKMK mehmonda "Qoʻqon-1912"ni yirik hisobda magʻlub etdi

Tahririyat 4
Superliga. OKMK mehmonda "Qoʻqon-1912"ni yirik hisobda magʻlub etdi

Oʻzbekiston Superligasi. 13-tur

"Qoʻqon-1912" — OKMK 1:4

Gollar: 47, 59 - Asadbek Sobirjonov, 55 - Nodirbek Abdurazzoqov, 66 - Ibrohim Yoʻldoshev, 74 - Siavash Haqnazari

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxoʻja Shavkatov

Zaxira hakami: Sanjarbek Ahmadov

VAR: Dostonbek Rahmonov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Qudratbek Madraimov

"Qoʻqon-1912": 13. Rahimjon Davronov, 5. Jasurbek Yoqubov (14. Ibrohim Yoʻldoshev, 45’), 6. Alisher Salimov, 7. Javohir Sidiqov, 8. Shota Gvazva (21. Gʻulom-Haydar Gʻulomov, 62’), 10. Shohruh Gadoev (9. Javohir Husanov, 62’), 19. Shahzod Akramov, 20. Iqboljon Malikjonov, 22. Toma Tabatadze (99. Muhammadanas Hasanov, 62’), 44. Andro Giorgadze, 69. Egor Kondratyuk (70. Shohruh Mahmudhojiev, 76’).

Zaxira: 1. Rustam Nartajiev, 4. Asliddin Toshtemirov, 15. Zafar Hakimov, 17. Farhodjon Sohibjonov.

OKMK: 35. Javohir Ilyosov, 5. Giorgi Papava, 6. Avazbek Oʻlmasaliev (3. Shahzod Toirov, 77’), 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 8. Abubakr Rizo Turdialiev (28. Arixiro Sentoku, 88’), 9. Aziz Xolmurodov (11. Ali Abdurahmonov, 88’), 10. Asadbek Sobirjonov (77. Ivan Peshich, 77’), 21. Hazratjon Tursunqulov (17. Nodirbek Abdurazzoqov, 46’), 22. Saidafzalxon Ahrorov, 44. Abror Karimov, 88. Siavash Haqnazari.

Zaxira: 23. Hamidullo Abdunabiev, 4. Mirjamol Qosimov, 19. Ahmadullo Muqumjonov, 27. Urosh Kojij.

Ogohlantirishlar: 10 - Abubakr Rizo Turdialiev, 25 - Siavash Haqnazari

90+3. Oʻyin yakunlandi.

90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qoʻshib berildi.

90. Peshichning uzoqdan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi.

85. Aziz Xolmurodovning zarbasi noaniq boʻldi.

84. Papava jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, qoʻqonliklar bunga “blok” qoʻyishdi.

81. Akramovning uzoqdan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi.

78. Giorgadzening erlatib yoʻllagan zarbasi noaniq boʻldi.

75. Endi hal boʻldi barchasi…

74. GOL! Haqnazariy hisobni yiriklashtirdi! Sobirjonovning uzatmasidan soʻng Siavash toʻpni darvozaga joylab qoʻydi.

68. Nodirbek Abdurazzoqov darvozabon bilan birga bir chiqib bordi, ammo yakuniy zarbani bera olmadi…

67. Hisob qisqardi, oʻyin taqdiri hali hal emas, kambekka harakat endi.

66. GOL! Yoʻldoshev hisobni qisqartirdi! Siddiqovnig pasidan soʻng Ibrohim darvozaga toʻpni “mixlab” qoʻydi.

64. Ibrohim Yoʻldoshevning jarima zarbasidan tepgan toʻpi aniq boʻldi, OKMK darvozaboni ushlab oldi.

62. Qoʻqonliklar safida biryoʻla uchta oʻzgarish amalga oshirildi.

60. Xoʻoʻoʻoʻoʻsh, oʻyin taqdirini hal deb qoʻysak boʻladimi?!

59. GOL! Sobirjonovdan dubl! Oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni Asadbek aniq zarba bilan darvozaga joylab qoʻydi!

58. Abdurazzoqovning zarbasidan soʻng toʻpni Davronov ushlab oldi.

56. Endi “Qoʻqon-1912” nazoratni olmasa, buyogʻiga OKMK toʻxtamoqchi emas.

55. GOL! Abdurazzoqov hisobni oshirdi! Chap qanotdan uzatilgan toʻpni Nodirbek boshi bilan darvozaga aniq yoʻlladi.

53. Sobirjonov darvozaga juda yaqin masofadan zarba berdi, Davronovdan ajoyib seyv!

51. Shoxrux Gadoevning uzoq masofadan yoʻllagan zarbasi oʻta noaniq boʻldi.

50. Havolatib uzatilgan toʻpga Gadoev bosh bilan zarba berdi, ammo “oʻxshamadi”.

48. Xoʻsh, hisob ochildi oʻyinda, endi qoʻqonliklar yanada faollashadi.

47. GOL! Sobirjonovdan ajoyib gol! Asadbek markazdan butsasining tashqi qismi bilan zarba yoʻlladi va chiroyli gol muallifiga aylandi.

46. Ikkinchi boʻlimga start berildi.

45+3. Dastlabki boʻlim yakunlandi.

45. Birinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshib berildi.

44. Boʻlim soʻnggida temp biroz tushdi, hujumlar kamaydi.

2026-07-22 21.21.39.jpg

38. Maydonda har ikki jamoa a'zolari kurashlar bilan oʻynamoqda.

32. Qoʻqonliklar darvozasi oldida palapartishlik yuzaga keldi, biroq darvozaga yakuniy zarbani beradigan OKMK a'zosi topilmadi.

29. Abror Karimovning uzoqdan yoʻllagan zarbasi aniq boʻlmadi.

22. Endi hujumlar navbati qoʻqonliklarda, ketma-ket uzatmalar boʻldi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

15. Tabatadzening erlatib bergan zarbasi noaniq boʻldi.

12. Xolmurodov oʻziga uzatilgan toʻpni darvozaga noaniq yoʻlladi, qoʻshimchasiga bu vaziyatda offsayd ham boʻlgan ekan.

11. Qaror oʻzgarmadi, sariq kartochka kuchida qoldi.

10. Abubakr Rizo Turdialiev raqibga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun ogohlantirilgandi. Endi holat VARda koʻrilmoqda. Qizil berilishi mumkin.

9. Turdialiev yaxshi vaziyatga chiqib borib, toʻpni markazga uzatdi, ammo himoyachilar faol harakat qilishdi.

3. Ilk daqiqalarda olmaliqliklar faol koʻrinmoqda, dastlabki hujum xavfli boʻldi.

1. Oʻyin boshlandi

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliganing 13-turidan oʻrin olgan "Qoʻqon-1912" — OKMK uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring