Superliga. "Neftchi" Jizzaxda "Soʻgʻdiyona"ni tor-mor etdi
Superliga, 13-tur
21 iyul, 20:00
"Soʻgʻdiyona" - "Neftchi" 1:5
Gollar: 22 - Petar Michin, 28 - Ibrohimhalil Yoʻldoshev, 33 - Xurshid Gʻiyosov, 36 - Stipe Peritsa, 54 - Anvarjon Gʻofurov, 80 - Jamshid Iskanderov
Bosh hakam: Akobirxoʻja Shukurullaev
Qanot hakamlari: Islom Nosirov, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Ma'murjon Ilhomov
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakamlari: Ilgiz Tantashev, Rinat Serazitdinov (AVAR)
"Soʻgʻdiyona": 27. Milan Mitrovich, 18. Igor Golban, 22. Abdulazizxon Abdurashidov (10. Javohir Qahramonov, 46’), 3. Islomjon Qobilov (4. Behruz Jumatov, 70’), 2. Zoir Joʻraboev, 13. Filip Ivanovich, 7. Petar Michin (9. Zenan Zaymovich, 65’), 17. Ollabergan Karimov, 8. Jamshid Boltaboev (32. Nodirjon Soyibov, 46’), 19. Zabihillo Oʻrinboev (23. Sardorbek Hoshimov, 46’), 14. Lyupcho Doriev
Zaxira: 74. Bayram Najafaliev, 6. Behruzbek Asqarov, 20. Fazliddin Omonkeldiev, 77. Oybek Nurmatov
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Tsiger, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 20. Anvarjon Gʻofurov, 6. Ibrohimhalil Yoʻldoshev, 14. Xurshid Gʻiyosov (22. Alisher Odilov, 61’), 11. Asilbek Jumaev (8. Vladimir Yovovich, 61’), 5. Ikromjon Aliboev (77. Ratino, 61’), 10. Jamshid Iskanderov, 23. Yovan Jokich (30. Rustambek Fomin, 83’), 18. Stipe Peritsa (32. Zoran Marushich, 73’)
Zaxira: 45. Akbar Toʻraev, 17. Azizbek Murodov, 2. Izzatillo Poʻlatov, 27. Nurbek Sarsenbaev
Ogohlantirishlar: 25 - Abdulazizxon Abdurashidov, 29 - Lyupcho Doriev, 29 - Ulugʻbek Baqoev (“Soʻgʻdiyona” bosh murabbiyi, maydon chetida), 51 - Ikromjon Aliboev, 67 - Islomjon Qobilov
90+3. Oʻyin yakunlandi.
90+3. Hoshimovning zarbasi noaniq boʻldi.
90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qoʻshib berildi.
86. Marushich darvozaga yaqin masofadan zarba berdi, Mitrovichdan seyv!
83. Dorievning zarbasi aniq boʻlmadi.
81. Oʻyin taqdiri toʻliq hal boʻldi.
80. GOL! Iskanderovdan ajoyib gol! Jamshid jarima maydonchasiga kirib bordi va aniq zarba berib, hisobni yanada yiriklashtirdi.
79. Lyupcho Dorievning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi…
75. Soyibovning xavfli zarbasi biroz noaniq boʻldi…
72. Qahramonov juda qulay vaziyatdan darvozaga zarba berdi, ammo darvozabon qaytardi toʻpni!
66. Alisher Odilovning uzatmasidan soʻng toʻpni darvozaga yoʻllaydigan futbolchi topilmadi.
65. Yana fargʻonaliklar toʻp nazoratini oʻzlariga olgan holda oldinga intilishmoqda.
🔄 61. “Neftchi” ham raqibi kabi bittada uchta oʻzgarishni amalga oshirdi.
58. Islom Qobilovning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq boʻldi.
55. “Soʻgʻdiyona” endi hech boʻlmasa hisobni battar yiriklashib ketmasligini amallay olarmikin?!

⚽️ 54. GOL! Gʻofurov hisobni yanada yiriklashtirdi! Burchakdan uzatilgan toʻpni Anvar bosh bilan darvozaga aniq yoʻlladi!
50. Ikrom Aliboev “Soʻgʻdiyona” a'zolari bilan bir necha bor bahslashib ketdi.
🔄 46. Boʻlimni jizzaxliklar koʻplab oʻzgarishlar bilan boshlashdi.
🕛 46. Ikkinchi boʻlim boshlandi
🕘 45+3. Birinchi boʻlim yakunlandi.
45+2. Jokichning uzoqdan yoʻllagan kuchli zarbasi jizzaxliklar vakiliga tegib, yoʻnalishi oʻzgardi.
45. Birinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshib berildi.
41. Peritsaning zarbasi noaniq boʻldi.
37. Endi jizzaxliklarga yanada qiyin boʻladi… “Neftchi” esa shunchaki dahshat!
⚽️ 36. GOL! Peritsa hisobni yiriklashtirdi! Aliboev oʻng qanotdan toʻpni havolatib uzatdi, Stipe bosh bilan aniq zarba yoʻlladi!
35. Yana “Neftchi” oldinga oʻtmoqda!

34. Fargʻonaliklar ikkita gol urdi qisqa vaqtda, endi oʻyin yanada “yonishi” aniq.
⚽️ 33. GOL! Gʻiyosov hisobni oshirdi! Oʻng qanotdan uzatilgan toʻp rekoshetga uchrab Xurshidga keldi, uning zarbasi aniq boʻldi!
30. Holat VARda koʻrildi, gol hisoblandi.
29. Jizzaxliklar murabbiyi va futbolchilari hakamga e'tiroz qilmoqda.
⚽️ 28. GOL! Fargʻonaliklar hisobni tenglashtirishdi! Ibrohimhalil Yoʻldoshevning zarbasidan soʻng toʻp darvozaga kirdi.
27. Navbat “Neftchi”ga, bu safar yaqin masofadan Ikrom Aliboev zarba berdi, toʻpni Milan qaytardi!
26. Oʻrinboev oʻziga uzatilgan toʻpni deyarli boʻsh darvozaga aniq yoʻllay olmadi…
23. Jizzaxliklar gol urib olishdi, endi fargʻonaliklardan reaktsiya kutamiz.

⚽️ 22. GOL! Petar Michin hisobni ochdi! Botirali Ergashev oldinga chiqib, toʻpni markazga uzatdi, birinchi etib kelgan Michin zarba yoʻlladi va bu aniq boʻldi!
18. Islom Qobilov va Asilbek Jumaev oʻzaro gap talashib qolishdi.
15. Xurshid Gʻiyosovning uzoqdan yoʻllagan zarbasi aniq boʻldi, Mitrovich qaytardi toʻpni!
13. Oʻyin asosan maydon markazida kechmoqda, kurashlar ham kuzatilyapti.
5. Jamoalar bahsni yaxshi boshlashdi, har ikki jamoa ham navbati bilan oldinga borishga intilmoqda.
🕛 1. Oʻyin boshlandi.


Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliganing 13-turidan oʻrin olgan "Soʻgʻdiyona" - "Neftchi" uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
Manba: championat.asia
Izohlar 0