Superliga. Navbatdagi golsiz oʻyin – "Nasaf" Zominda "Navbahor" bilan durang oʻynadi
Superliga. 11-tur
"Nasaf" – "Navbahor" 0:0
Zomin. “Zomin” stadioni. 20:00
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Sanjar Nazarov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Sherzod A'zamov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Feruz Gʻaniev
"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akramjon Komilov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 65’), 6.Sardorbek Bahromov, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (33.Bahodir Xalilov, 88’), 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 20.Yusuf Otubanjo (80.Davronbek Usmonov, 88’), 22.Diyor Abdunazarov, 23.Dilshod Murtazaev, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 82.Asilbek Noʻmonov, 40.Behruz Soatov, 76.Zafar Sa'dullaev, 99.Kingsli Sokari.
"Navbahor": 1.Oʻtkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov (77.Muhammadali Usmonov, 87’), 4.Islom Mamatkazin, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Ruslanbek Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi (20.Quvondiq Roʻziev, 74’), 22.Umar Adhamzoda (70.Abbosjon Gʻulomov, 74’), 23.Vanya Ilich (28.Katulondi Kati, 87’), 44.Anri Chichinadze, 97.Aleks Fernandes.
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 3.Zafarbek Rahimjonov, 6.Shohruh Abdurahmonov, 10.Shohmalik Komilov, 18.Isoxon Musoxonov.
Ogohlantirishlar: 39 - Vanya Ilich, 72 - Bobir Abdixoliqov
90+5. Oʻyin yakunlandi.
90+3. Kati yaxshi oʻynab darvozaga toʻpni yoʻnaltirdi, Ne'matov urib yubordi toʻpni.
90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qoʻshib berildi.
86. Jiyanovning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi noaniq boʻldi.
83. “Nasaf” futbolchisi jarima maydonchasiga kirib borib toʻpni uzatayotganda toʻp Chichinadzening qoʻliga tegdi, bosh hakam bu vaziyatda oʻyin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
79. Yana Fernandesdan zarba, Ne'matov toʻpni qaytarib yubordi.
77. Uchrashuvning soʻnggi dekadasiga yaqinmiz, jamoalar faollashishi aniq buyogʻiga.
68. Bobir Abdixoliqov “Navbahor” jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam bu vaziyatda oʻyin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
63. Aleksning xavfli zarbasidan soʻng Abduvohid toʻpni qaytardi, soʻng biroz palapartishlik yuzaga keldi, sal qolsa toʻp darvozaga kirishi mumkin edi…
61. Muhtidinov, Abdixoliqov va Chichinadze bahslashib qolishdi maydonda.
58. Adhamzodaning uzatmasidan soʻng Jiyanov bosh bilan zarba yoʻlladi, Ne'matov toʻpni qaytardi!
57. Aleks Fernandesning zarbasi himoyachilardan oʻtmadi.
49. Otubanjoning bosh bilan bergan zarbasi aniq boʻlmadi.
46. Ikkinchi boʻlim boshlandi.
45+3. Birinchi boʻlim yakunlandi.
45+2. Adhamzoda havolatib uzatilgan toʻpga zarba bera olmadi.
45. Birinchi boʻlimga 2 daqiqa qoʻshib berildi.
45. Bobir Abdixoliqovning zarbasi noaniq boʻldi.

42. Ilichning xavfli zarbasi Ne'matovni anchagina qiynab qoʻydi!
40. Adhamzodaning zarbasini raqib futbolchisiga tegib qaytdi.
36. Chap qanotdan uzatilgan toʻpni Diyor Abdunazarov darvozaga yoʻlladi, namanganlik himoyachi toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
31. Mamatkazindan bosh bilan zarba, biroq toʻp darvozagacha bormadi.

25. Yoʻq, penalti belgilanmadi. Oʻyin davom etadi.
23. Bosh ham VARni oʻzi borib koʻrmoqda. Komilov Mamatkazinning libosidan tortgan boʻlishi mumkin.
22. Stop, “Nasaf” jarima maydonchasi ichida quyidagi vaziyatda qoʻpollik ishlatilgan boʻlishi mumkin. Bosh hakam VARni eshitmoqda.
22. Ilichning yaqin masofadan yoʻllagan zarbasi noaniq boʻldi.

21. Aleksning uzoq masofadan bergan aniq zarbasidan soʻng Ne'matov qaytardi!
17. Abdunazarov yaxshi vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq uning tepgan toʻpi darvozaga aniq bormadi.
16. Endigi zarba Muhitdinovdan, ammo noaniq boʻldi.
15. Otubanjoning jarima maydonchasi ichidan yoʻllagan zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytdi.

10. Aleksning erlatib bergan zarbasi kuchli boʻldi, Ne'matov toʻpni ushlab oldi.
8. Bobir Abdixoliqov chapdan oldinga yurish qildi, ammo namanganliklar vakili uni toʻxtatdi.
3. Oʻng qanotdan havolatib uzatilgan toʻpni Mamatkazin bosh bilan darvozaga yoʻlladi, darvozabon toʻpni ushlab oldi.
🕛 1. Oʻyin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 11-turidan oʻrin olgan "Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!
Izohlar 0