Superliga. "Lokomotiv" oʻz maydonida goli inobatga olinmagan "Dinamo"ni magʻlub etdi
Superliga
16-tur
“Lokomotiv” – “Dinamo” 2:1
Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:30
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Farxod Usmonov, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR: Gʻayrat Joʻraev
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: 0:1 – 7, Jaloliddin Jumaboev (Tigran Avanesyan); 1:1 – 29, Diyorjon Turopov (Suhrob Nurulloev); 2:1 – 34, Temurxoʻja Abduxoliqov (Suhrob Nurulloev)
"Lokomotiv": 12.Nikita Shevchenko, 9.Suhrob Nurulloev (8.Bilol Tupliev, 71), 10.Shodiyor Shodiboev (7.Quvonchbek Abraev, 72), 11.Temurxoʻja Abduxoliqov, 15.Aleksandr Shushnyar (26.Abdulloh Yoʻldoshev, 60), 17.Sardor Mirzaev (14.Nikolay Ivanov, 80), 18.Aleksandr Kucherenko, 23.Diyorjon Turopov (70.Muhammadali Reimov, 71), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich.
Zaxira: 16.Danil Baklanov, 22.Sunnatilla Poyonov, 61.Nurlan Ibraimov, 99.Jasur Yaxshiboev.
"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 3.Mixail Shtefan, 7.Sanjar Qodirqulov, 15.Rasul Yoʻldoshev (21.Jahongir Abdusalomov, 72), 19.Tigran Avanesyan, 20.Jaloliddin Jumaboev, 25.Oybek Oʻrmonjonov (4.Nurillo Toʻxtasinov, 57), 26.Marko Stanoevich (2.Artyom Radaev, 57), 30.Xaris Xaydarevich (24.Akbar Xudoyberdiev, 57), 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruzbek Oblaqulov (14.Bahodir Nasimov, 79).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 17.Salim Mustafoev, 18.Raul Jeparov, 22.Ulugʻbek Abdullaev.
🏁 90+6' Oʻyin yakunlandi! Bosh hakamning yakuniy xushtagi chalindi va uchrashuv oʻz nihoyasiga etdi. "Lokomotiv" oʻz maydonida "Dinamo" jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.
90+1' Nurillo Toʻxtasinov jarima zarbasidan uzatilgan toʻpni darvoza tomon yoʻlladi, biroq uning zarbasi oʻta noaniq chiqdi.
90' Ikkinchi boʻlimning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam tomonidan boʻlimga 6 daqiqa vaqt qoʻshib berildi.
85' "Dinamo" futbolchisining jarima maydoni tashqarisidan yoʻllagan zarbasini Nikita Shevchenko qiyinchiliksiz egallab oldi.
🔄 80' "Lokomotiv" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Sardor Mirzaev maydonni tark etdi, uning oʻrniga Nikolay Ivanov oʻyinga qoʻshildi.
🔄 79' "Dinamo" tarkibida soʻnggi oʻzgarish: Behruzbek Oblaqulov oʻrniga Bahodir Nasimov oʻyinga qoʻshildi.
🔄 72' "Dinamo" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Rasul Yoʻldoshev oʻrniga Jahongir Abdusalomov maydonga tushdi.
🔄 71' "Lokomotiv" tarkibida bir yoʻla uchta oʻzgarish amalga oshirildi: Diyorjon Turopov, Suhrob Nurulloev va Shodiyor Shodiboev maydonni tark etishdi. Ularning oʻrniga Muhammadali Reimov, Bilol Tupliev hamda Quvonchbek Abraev maydonga tushishdi.
❌ 66' GOL INOOBATGA OLINMADI! VAR tekshiruvidan soʻng bosh hakam golni bekor qildi. Rasul Yoʻldoshev toʻpni qabul qilib olishda qoʻl bilan oʻynagani aniqlandi. Hisob oʻzgarishsiz qolmoqda – 2:1.
⚽ 61' GOL! "Dinamo" hisobni tenglashtirmoqda! Behruzbek Oblaqulov tomonidan burchakdan oshirilgan toʻpni Nikita Shevchenko mushtlari bilan urib yubordi. Jarima maydoni ichidagi kurashda Rasul Yoʻldoshev Yovan Nishichni ortda qoldirib, toʻpni Nurillo Toʻxtasinovga etkazdi. Toʻxtasinov chap oyoqda aniq zarba yoʻllab, olis burchakni nishonga oldi – 2:2.
🖥️ Vaziyatga VAR aralashmoqda, bosh hakam gol qoida buzilishsiz urilganini tekshirmoqda.
59' "Dinamo" hujumchisi Behruzbek Oblaqulov chap qanotdan zarba yoʻlladi. "Lokomotiv" darvozaboni Nikita Shevchenko toʻpni qiyinchiliksiz egallab oldi.
🔄 57' "Dinamo" tarkibida bir yoʻla uchta oʻzgarish amalga oshirildi: Marko Stanoevich, Xaris Xaydarevich va Oybek Oʻrmonjonov maydonni tark etishdi. Ularning oʻrniga Artyom Radaev, Akbar Xudoyberdiev hamda Nurillo Toʻxtasinov oʻyinga qoʻshilishdi.
53' Behruzbek Oblaqulov chap qanotdan jarima maydoni ichiga yorib kirdi, ammo markazda turgan sherigiga uzatgan toʻpi juda noaniq chiqdi.
🔄 50' "Lokomotiv" tarkibida majburiy oʻzgarish: Aleksandr Shushnyar maydonni tark etdi, uning oʻrniga Abdulloh Yoʻldoshev oʻyinga qoʻshildi.
46' Ikkinchi boʻlim boshlandi. Toʻpni oʻyinga "Dinamo" futbolchilari kiritib berishdi.
⏸️ 45+3' Birinchi boʻlim yakunlandi! Bosh hakam xushtagini chalib, jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Birinchi boʻlimdan soʻng hisob – 2:1, "Lokomotiv" oldinda.
45' Birinchi boʻlimning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam tomonidan 3 daqiqa vaqt qoʻshib berildi.
41' Shodiyor Shodiboev va Tigran Avanesyan oʻrtasidagi toʻqnashuvdan soʻng maydonda kichik mayda janjal yuzaga keldi. Bosh hakam futbolchilarni tinchlantirdi va oʻyinni davom ettirdi.
⚽ 34' GOL! "Lokomotiv" hisobda oldinga chiqib olmoqda! Mezbonlarning oʻz himoya chizigʻidan boshlangan hujumi samarali yakunlandi. Suhrob Nurulloev maydon markazidan nozik kesma uzatma bilan Temurxoʻja Abduxoliqovga imkoniyat yaratdi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan Abduxoliqov darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi – 2:1.
⚽ 29' GOL! "Lokomotiv" hisobni tenglashtirmoqda! Chap qanotdan boshlangan hujumda Aleksandr Shushnyar uzun uzatma bilan Suhrob Nurulloevni oldinga chorladi. Nurulloev toʻpni jarima maydoni ichida qabul qilib, Diyorjon Turopovga uzatdi. Turopov toʻpni oʻziga toʻgʻrilab olgach, penalti nuqtasi atrofidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 1:1.
⚠️ 20' XAVFLI VAZIYaT! Behruzbek Oblaqulov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Biroq Nikita Shevchenko oʻz vaqtida oldinga chiqib, toʻpni qiyinchilik bilan egallab oldi.
17' "Dinamo" yarimhimoyachisi Marko Stanoevich olis masofadan zarba berdi, toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.
⚠️ 12' XAVFLI VAZIYaT! "Lokomotiv" a'zosi Suhrob Nurulloev jarima maydoni ichidan kuchli zarba yoʻlladi. "Dinamo" darvozaboni Edem Nemanov ishonchli harakat qilib, toʻpni qaytarib yubordi.
⚽ 7' GOL! "Dinamo" hisobni ochmoqda! Jaloliddin Jumaboevning uzoq masofadan yoʻllagan erlatib zarbasidan soʻng Nikita Shevchenko toʻpni egallashda qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydi va toʻp darvoza toʻridan joy oldi – 0:1.
⚠️ 6' XAVFLI VAZIYaT! "Lokomotiv" chap qanotdan xavfli hujum tashkil etdi. Shodiyor Shodiboev jarima maydoni ichidan zarba yoʻlladi, biroq toʻp himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Korner.
1' Oʻyinga start berildi. Uchrashuvni mezbonlar maydon markazidan toʻpni oʻyinga kiritib boshlab berishdi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Lokomotiv" a'zolari qizil, "Dinamo" futbolchilari esa koʻk rangli liboslarda harakat qilishadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0