Superliga. Argentinadan ilhomlangan "Neftchi" "Buxoro"ni taslim qildi
Superliga
12-tur
"Neftchi" – "Buxoro" 2:1
Fargʻona. “Istiqlol” stadioni. 20:00
Gollar: Stipe Peritsa (Farruh Sayfiev) 82’, Jamshid Iskanderov (Yovan Jokich) 86’ – Xurshid Muxtorov penalti 8’
Bosh hakam: Ahror Risqullaev
Yordamchi hakam: Alisher Usmonov, Baxtiyorxoʻja Shavkatov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Xusan Hudoyberdiev
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jalolxon Inogʻomxoʻjaev
“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Poʻlatov (34.Farruh Sayfiev, 46), 4.Boyan Tsiger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yoʻldoshev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich (9.Xurshid Gʻiyosov, 67), 21.Muhsin Ubaydullaev (10.Jamshid Iskanderov, 46), 22.Alisher Odilov (77.Ratino, 46), 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Peritsa, 74).
Zaxira: 45.Akbar Toʻraev, 11.Asilbek Jumaev, 27.Nurbek Sarsenbaev, 30.Rustambek Fomin.
“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov (25.Sherzod Esanov, 78), 17.Javohir Roʻziev (77.Asilbek Qayyumov, 90), 22.Asadbek Joʻraboev (10.Shahzod Ubaydullaev, 66), 27.Muhammad Yoʻldoshev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich (14.Islom Baratov, 66), 97.Shahboz Joʻrabekov (4.Nodir Ahmadjonov, 90).
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Joʻraev, 9.Nika Kacharava.
Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullaev (6), Yovan Jokich (49), Farruh Sayfiev (84), Xurshid Muxtorov (90+2), Jamshid Iskanderov (90+2).
UChRAShUV YaKUNLANDI!
90+6. Zarbaa! Qayyumovning olisdan bergan kuchli zarbasini Ergashev qaytardi.
90+2. Sardorlar Muxtorov va Iskanderov ogohlantirildi.
90. Ikkinchi taymga 8 daqtqa qoʻshildi.
90. Maydonda yana tortishuv yuzaga keldi. Barchasi Ismoilov va Ahmadjonov toʻqnashuvidan keyin boshlanib ketdi.
90. “Buxoro”da 2 ta oʻzgarish: Joʻrabekov oʻrniga Ahmadjonov, Roʻziev oʻrniga Qayyumov bahsni tugatib qoʻyadi.
86. GOL! Jokich tovoni bilan chiroyli pas berdi, Iskanderov pastki burchakni nishonga oldi — 2:1!
84. Farruh Sayfiev kichik fol ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq koʻrildi.
84. Uuux! Sayfievning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Jokich bosh bilan zarba berdi, sal noaniq.
82. GOL! Sayfievning zarbasidan soʻng Peritsa chap oyoqda toʻpni darvozaga yoʻnaltirib qoʻydi — 1:1!
81. “Neftchi” tinimsiz hujum uyushtirmoqda, biroq yakuniy nuqta etishmayapti.
78. “Buxoro”da oʻzgarish: Mamasidiqov oʻrniga Esanov tushirildi.
75. Zarbaaa! Ratinoning zarbasidan keyin Hamroev zarbani bartaraf etdi.
74. “Neftchi”da oʻzgarish: Marushich oʻrniga Peritsa maydonga tushdi.
73. Zarba! Ismoilovning zarbasi rikoshet orqali Hamroevga kelib tushdi. Toʻp havodan noqulay uchib keldi, ammo posbon uni egallashga erishdi.
68. Oʻyin toʻxtatildi. Futbolchilar suv ichib olishadi.
67. “Neftchi” almashtirish: Yovovich oʻrniga Gʻiyosov uchrashuvni davom ettiradi.
66. “Buxoro”da almashtirish: Rodich oʻrniga Baratov, Joʻraboev oʻrniga Ubaydullaev tushirildi.
64. Yaxshi oʻynab turgan Asadbek Joʻraboevga tibbiy yordam koʻrsatildi, uni zambilda olib chiqib ketishdi.
60. “Neftchi” hujumni kuchaytirmoqda, biroq “Buxoro” himoyada ishonchli oʻynamoqda.
56. Zarbaaa! Iskanderovning pasidan keyin Yoʻldoshev kuchli zarba berdi, sal noaniq.
55. Uuux! Yovovichning olisdan bergan zarbasidan soʻng Hamroev ishonch bilan toʻpni egallab oldi.
52. Uuux! Xayrullaevning kuchli zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.
51. Marushichning pasidan soʻng toʻp maydonda yotib qolgan Muxtorovning qoʻliga tegdi, biroq bu holatda penalti yoʻqligi qayd etildi. VAR ham vaziyatni koʻrib chiqdi va qoida buzish yoʻqligini ma'lum qildi.
49. Jokich Joʻraboevni yiqitdi va sariq kartochka oldi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Neftchi”da 3 ta oʻzgarish: Poʻlatov oʻrniga Sayfiev, Ubaydullaev oʻrniga Iskanderov, Odilov oʻrniga Ratino bahsga qoʻshildi.
Birinchi boʻlim poyoniga etdi — 0:1. Tanaffus!
45+2. Toʻp jarima maydonchasi ichida Kirill Todorovning qoʻliga tegdi, ammo hakam bu erda penalti yoʻq deb topdi. “Neftchi” futbolchilari va muxlislari norozi.
45. Birinchi boʻlimga 2 daqiqa qoʻshib berildi.
42. Alisher Odilov jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi va hakamga qaradi. Bosh hakam oʻyinni davom ettirish lozimligini aytdi. Takroriy lavha koʻrsatdiki, qoida buzilgan taqdirda ham, bu penalti emas, balki jarima zarbasi boʻlardi…
39. Uuux! Jokichning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Muxtorov darvoza chizigʻi ustida zarbani qaytarib qoldi, u jamoasini muqarrar goldan asradi.
37. Yoʻldoshev asabiylashgan holda Roʻzievni turtdi, biroz oʻtib ular bir-birlariga qoʻl berib qoʻyishdi.
35. Aliboev ortdan turib Roʻzievga nisbatan biroz qoʻpol oʻynadi, fol.
31. Zarbaaa! Ravshan Xayrullaevning zarbasidan keyin Bootirali Ergashev zarbani bartaraf etdi, ajoyib seyv!
29. Uuux! Rodichning kuchli zarbasidan keyin toʻp rikoshet orqali maydonni tark etdi.
28. Ismoilovning qanotdan oshirib bergan toʻpiga dastlab himoyachi, soʻng darvozabon Hamroev ega chiqdi.
25. Cooling break: bosh hakam tanaffus e'lon qildi
24. Zarba! Roʻziev ancha uzoqdan daovoza tomon zarba berishga harakat qildi, noaniq.
24. Ahror Risqullaev asabiylashayotgan “Neftchi” ustozi Islom Ismoilovni ogʻzaki ogohlantirdi.
23. Yovovichning jarima zarbasidan bergan uzatmasidan keyin toʻp hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
21. Ismoilov Yoʻldoshev bilan toʻqnashuvda penalti soʻrab, yiqildi. Bosh hakam oʻyinni davom ettirish lozimligini uqtirdi.
17. Zarba! Ibrohimhalil Yoʻldoshev olis masofadan zarba berib koʻrdi, ammo toʻp moʻljalga aniq bormadi.
16. Ismoilovning yaxshi oʻylangan pasidan soʻng buxorolik himoyachilar toʻpni uzoqlashtirishdi.
12. Mamasidiqov Yoʻldoshevni qanotdan oldinga boshlamoqchi boʻldi, ammo sherigi uni tushunmadi, toʻp ketib qoldi…
10. Zarbaaa! Rodich yaqin masofadan kuchli, ammo noaniq zarba yoʻlladi.
8. GOL! Xurshid Muxtorov penaltidan toʻp kiritib, hisobni ochdi — 0:1!
7. Penalti! Mladovichning bosh bilan bergan zarbasidan soʻng toʻp Jokichning qoʻliga tegdi.
6. Ubaydullaev tezlikda oʻzib ketayotgan Joʻraboevni yiqitdi va sariq kartochka oldi.
3. Zarbaa! Odilovning aylanma zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
1. Uchrashuv boshlandi!
Manba: championat.asia
Izohlar 0