Fidbol.net

"Soʻnggi oʻyin… Butun umrlik libos". Messi terma jamoadagi xayrlashuv oʻyini libosini koʻrsatdi

Tahririyat 4
"Soʻnggi oʻyin… Butun umrlik libos". Messi terma jamoadagi xayrlashuv oʻyini libosini koʻrsatdi

6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasi Benin milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin Buenos-Ayresdagi "Monumental Antonio Vespuchchi Liberti" stadionida boʻlib oʻtadi.

Futbolchi libos tasvirlangan postni joylashtirib, unga shunday izoh qoldirdi: "Soʻnggi oʻyin… Butun umrlik libos".

Messi 2005 yildan beri Argentina terma jamoasida toʻp suradi. Terma jamoa tarkibida u JCh-2022, ikki marta Amerika Kubogi (2021, 2024) va Finalissimani (2022) qoʻlga kiritgan. 2026 yilgi jahon chempionatida forvard jamoasi bilan finalgacha etib borib, unda Ispaniyaga (0:1) imkoniyatni boy berdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring