"Hech kimdan xafa emasman". Azmun Eron terma jamoasiga qaytganidan soʻng bayonot berdi
Hujumchi Oʻzbekiston (24 sentyabr) va Rossiya (29 sentyabr) terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga taklif etildi.
"2014 yildan to shu kungacha milliy terma jamoa libosida koʻp narsani boshdan kechirdim. Hatto jamoa bilan birga boʻlmagan paytlarimda ham oʻzimni undan uzoqlashgandek his qilmaganman. Yuragim jamoa uchun ogʻrir va oʻyin boshlanishidan oldin davlat gimnini eshitishni juda xohlardim. Meni yana taklif qilishganini bilganimda, xuddi birinchi martadagidek quvonchni his qildim. Hech kimdan xafa emasman. Isbotlashim kerak boʻlgan hech narsa yoʻq. Bor yuragim bilan sevadigan yurtim uchun yana kurashish imkoniyatiga ega boʻlganimdan shunchaki xursandman. Sogʻingan edim. Men qaytdim!" — deb yozdi Azmun ijtimoiy tarmoqda.
Ilgari 31 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun chaqirilgan oʻyinchilar roʻyxatiga kiritilmagan edi. Matbuotda bunga uning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari sabab boʻlgan boʻlishi mumkinligi xabar qilingandi. Forvard hisobida terma jamoa libosida 91 ta oʻyin va 57 ta gol bor.
Manba: championat.asia
Izohlar 0