Fidbol.net

Sobiq hakam Misrning goli bekor qilingani haqida: "Sekinlashtirilgan tasvirda qoidabuzarlikni belgilash – nomutanosib holat"

Tahririyat 7
Sobiq hakam Misrning goli bekor qilingani haqida: "Sekinlashtirilgan tasvirda qoidabuzarlikni belgilash – nomutanosib holat"

58-daqiqada misrlik hujumchi Mostafa Ziko raqib darvozasini ishgʻol qildi va libosini echib nishonladi. Biroq bosh hakam Fransua Letekse videoassistentlar maslahati bilan epizodni koʻrib chiqib, golni bekor qildi – bundan avvalroq Marvan Attia Lisandro Martinesning oyogʻini bosib olgan edi. (Keyinchalik, 67-daqiqada Ziko yana gol urdi va hisob 2:0 koʻrinishiga keldi).

"Bu vaziyat golga jiddiy ta'sir koʻrsatmadi. Oʻyinchi butun maydonni kesib oʻtgan holatda, videoni bu qadar orqaga qaytarish va sekinlashtirilgan tasvirda oyoq bosish sababli qoidabuzarlikni qayd etish – bu nomutanosib qaror.

Bu ochiq-oydin yoki yaqqol koʻrinib turgan xato emas. Agar hakam bu epizodda qoidabuzarlikni oʻsha zahoti qayd etganida, bu fol boʻlardi, ammo hakam oʻyinni toʻxtatmagan boʻlsa, oʻsha epizodga qaytishning hojati yoʻq", – dedi Burrul.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring