Fidbol.net

Sergey Tokov: "Barcha xatolarni tuzatganimizda, chempionlik uchun kurashayotgan boʻlardik"

Tahririyat 3
Sergey Tokov: "Barcha xatolarni tuzatganimizda, chempionlik uchun kurashayotgan boʻlardik"

– Oʻyin haqida...

– Qiyin oʻyin boʻldi, avval biz gol urdik. Ammo bardosh berolmadik, toʻp oʻtkazib yubordik. Ikkinchi taymni negadir qiyin boshladik, nimadir oʻxshamadi, lekin bu futbol. "Paxtakor"ning ikkita teng kuchli tarkibi bor. Bizga biroz qiyin. Oʻz muxlislarimizni xursand qilishga harakat qildik.

— Xorazmning Superligadagi gʻalabasiz seriyasi 5 oʻyinga etdi. Nahotki, ikki yarim oy ichida kamchiliklarni bartaraf etishga imkon boʻlmadi?

— Nega tuzatib boʻlmas ekan? Kamchiliklarni tuzatishga ulgurdik, lekin hammasini emas. Barcha xatolarni tuzatganimizda, chempionlik uchun kurashayotgan boʻlardik. Hozircha kichik qadamlar bilan oldinga siljiyapmiz. Raqiblarimizga e'tibor bering. "Andijon" yaxshi tarkib bilan, "Soʻgʻdiyona" yaxshi tarkib bilan, keyin "Paxtakor". Umuman, hech qanday yomon narsa koʻrmayapman.

— Birinchi taymda, 30-daqiqaga yaqin, bir voqea boʻlib oʻtdi. Juda yaxshi tushunarli, eshitilarli edi, quloq solishning hojati yoʻq edi: chiziq yonida murojaat qilib, murabbiylar shtabi tomonga qarab, oʻyinchiga bir nima dedingiz... Savol bermoqchi edim: gap qaysi futbolchi haqida ketayotgan edi va bunday his-hayajonga nima sabab boʻldi?

— Xoʻsh, mayli, bular mening his-hayajonlarim boʻlaqolsin, bu mening emotsiyalarim, bu klubimizning ichki ishi. Qaysi oʻyinchi ekani — bu haqda gapirmayman. Nimaga? Bu shunchaki murabbiyning his-hayajoni. Agar emotsiyalarni doim ichingda saqlasangiz, unda qattiq kasal boʻlib qolish mumkin. Shuning uchun biz emotsiyalarni ham tashqariga chiqarishga harakat qilamiz. Maydon tomonga emas, hech kimni haqorat qilmaydigan va xafa qilmaydigan tomonga, shunday deyish mumkin.

— Yanis Leri zaxiradan maydonga tushirilib, 25 daqiqadan soʻng yana almashtirildi. Uning oʻyinidan koʻnglingiz toʻlmadimi?

— Ha, shunday boʻldi, uning oʻyinidan koʻnglimiz toʻlmadi, shuning uchun uni almashtirdik.

1000138135.jpeg

— Yangi qoidalar haqida fikringiz qanday? Masalan, bugun sizning oʻyinchingiz Abduhamidov vaqt choʻzdi. Keyin aynan Leri degan oʻyinchi qariyb ikki daqiqa kutdi.

— Men oʻz oʻyinchim bilan gaplashdim, tushuntirdim: birinchi navbatda jamoa haqida oʻylash kerak, oʻzining shaxsiy ambitsiyalari haqida emas. Chunki, uning aytishicha, "Paxtakor" oʻyinchisi uni soʻkayotgan ekan, yomon gaplar aytgan, bilmadim. Shuning uchun u shunday reaktsiya qildi. Xoʻsh, bu ustida ish olib boramiz, tushuntiramiz. Menimcha, hakamlar ham bunga e'tibor berishlari kerak edi, chunki, bilishimcha, maydonda soʻkinish ham mumkin emas. Provokatsiya ham... Hakam maydondagi provokatsiyalarni bartaraf etishi kerak. Bu mening fikrim.

— Sizningcha, bu yaxshimi?

— Yoʻq, albatta, men oʻyin sur'atini oshirishni faqat yoqlayman. Yangi qoidalar — asosiysi, ular bir tomonlama ishlamasin, oʻyinni yaxshilasin. Men faqat oʻyin tezligi oshishini yoqlayman. Menimcha, bu erda hammasi toʻgʻri boʻladi. Bu qoidalar boʻyicha hech qanday salbiy emotsiya yoʻq, faqat ijobiy tomoni bor.

— Iyul boshida klub rahbariyati tanqidiy yigʻilish oʻtkazgan ekan. Bu haqda batafsilroq aytib bersangiz: qanday vazifalar qoʻyildi, qanday topshiriqlar berildi?

— Bilasizmi, men bu yigʻilishda boʻlmaganman, sizga hech narsa ayta olmayman. Bu ma'lumot sizga qaerdan etib keldi? Bizda klub rahbari bor, u yigʻilishda ishtirok etgan, undan soʻrang. Men uning oʻrniga gapira olmayman, chunki men u erda boʻlmaganman. Agar u erda boʻlganimda, aytib berardim, lekin ishtirok etmaganman, shuning uchun bu borada hech narsa deya olmayman.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring