Saudiya Proligasi. "An Nasr" derbida "Ash Shabob"ni yengdi, Feliksdan het-trik
Tahririyat
•
•
13
Saudiya Proligasi 33-turida "An Nasr" mehmonda "Ash Shabob"ga qarshi o'ynadi.
Gollarga boy kechgan bellashuvda Jezush jamoasi 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Feliks het-trikka erishdi. Krishtianu Ronaldu esa faoliyatidagi 971-golini urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, "An Nasr" ochkolari sonini 82 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. "Ash Shabob" esa 32 ochko bilan 13-pog'onada.
Saudiya Proligasi. 33-tur
Ash Shabob – An Nasr 2:4
Gollar: Karrasko 30, Al Bulayhi 80 – Feliks 3, 10, 90+8, Ronaldu 75
An Nasr – Bento, Sultan (Al Nosir, 87), Ayman, Amri, Martinez, Brozovich, G'arib (Bushal, 71), Mane, Haybari, Feliks, Ronaldu (Al Hamdan, 90+1).
Manba: tribuna.uz
Izohlar 0