Fidbol.net

"Qanday g'alaba! Shu ruhda davom etamiz!" — Ronaldu "Ash Shabob" bilan o'yindan so'ng

Tahririyat 18
"Qanday g'alaba! Shu ruhda davom etamiz!" — Ronaldu "Ash Shabob" bilan o'yindan so'ng

“An Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 32-turida “Ash Shabob” (4:2) ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin post qoldirdi.

"Bugun qanday g'alaba bo'ldi! Shu ruhda davom etamiz!" — deb yozdi portugaliyalik 41 yoshli futbolchi.

Jorje Jezush boshchiligidagi jamoa 32 ta o'yindan keyin 82 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi — ularda yana 2 ta o'yin qoldi. Ikkinchi o'rinda "Al Hilol" joylashgan bo'lib, Simone Inzagi shogirdlari hisobida 31 ta bahsdan keyin 77 ochko mavjud.

12 may kuni "An Nasr" va "Al Hilol" Saudiya ligasining qoldirilgan 32-tur bellashuvida o'zaro to'qnash keladi.

Manba: tribuna.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring