Fidbol.net

Saliba bel jarohati sababli uzoq muddat maydonga tusha olmaydi

Tahririyat 50
Saliba bel jarohati sababli uzoq muddat maydonga tusha olmaydi

“Arsenal” klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Uilyam Saliba bel qismidan olgan jarohati sababli 5 oygacha boʻlgan muddatni oʻtkazib yuboradi.

25 yoshli markaziy himoyachi Ispaniyaga qarshi (0:2) kechgan bahsda maydonga yiqilgan va kuchli ogʻriq tufayli uchrashuvning 30-daqiqasidayoq maydonni tark etishga majbur boʻlgandi.

2.jpg

Taxminlarga koʻra, frantsuz futbolchisiga operatsiya kerak boʻladi, tiklanish jarayoni esa 4 oydan 5 oygacha vaqtni tashkil etadi.

Saliba oʻtgan mavsum barcha musobaqalarda 50 oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qoʻygandi.

Eslatib oʻtamiz, Frantsiya terma jamoasi JCh bronza medallari uchun Angliya bilan toʻqnash keladi. Uchrashuv 19 iyul kuni 02:00 da boshlanadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring